Yoshlar ittifoqi yetakchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xizmat sohalari va shahar-tuman IIBlari boshlang‘ich tashkiloti yoshlar ittifoqi yetakchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedovlar ishtirok etishdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.Ikramovning joriy yil 24 iyul kunidagi 84-sonli bayoniga asos va ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilanib olindi.
Tadbir davomida Ichki ishlar organlaridagi xizmati davomida yaxshi natijalarga erishib, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh yosh xodimlarga vazirlikning «Faxriy yorliq»lari taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati