Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev rahbarligida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
2024 yil 16 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarning murojaatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish, jinoyat alomatlari yaqqol ko‘rinib turgan tergovga qadar tekshiruv materiallarini tergov bo‘linmalariga o‘tkazish va zudlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bayram tadbirlarida xavfsizlikni taʼminlash, yilni ijobiy ko‘rsatkichlar bilan yakunlash yuzasidan bir qator topshiriqlar berildi. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilish va salbiy holatlar yuzasidan maʼlumotlar berilib, kelgusida qonuniylikni, ijrochilik va xizmat intizomini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.