«Yilning eng yaxshi hamshirasi» ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Joriy yilning 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki shilar vazirining 2022-yil 29-avgust kundagi 340-sonli buyrug‘iga asos Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot bo‘limi hamshiralari o‘rtasida «Yilning eng yaxshi hamshirasi» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot bo‘limining 8 nafar hamshirasi ishtirok etib, to‘rtta shart bo‘yicha kuch sinashdi. Birinchi shartda har bir ishtirokchi o‘zi faoliyat yuritayotgan bo‘linmani tanishtirib, uni videorolik orqali namoyish etdi. Keyin esa nazariy va amaliy bilimlar sinovdan o‘tkazildi. Uchinchi shartda ishtirokchilar amaliy ish tajribasini ko‘rsatishga harakat qilishdi. Oxirgi shart erkin mavzuda bo‘lib, u yana-da qiziqarli tarzda o‘tdi. Tanlov yakunida vazirlikning davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi gospital navbatchi hamshirasi Laura Ko‘ptileuova faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi poliklinikasi hamshirasi Arzayim Mustafayeva, uchinchi o‘rinni davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot bo‘limi poliklinikasi hamshirasi Munavvar Utekeyevalar qo‘lga kiritdi. Tanlov g‘oliblari vazirlik tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Birinchi o‘rinni egasi tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmat.