5 Iyun 2025 yil
725
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov rahbarligida Qorao‘zak tumani hududida yuz bergan og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalari muhokama qilindi.
Joriy
yilning 5 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik
Baxtiyor Torebekov boshchiligida Qorao‘zak tumani hududida yuz bergan og‘ir
oqibatli yo‘l-transport hodisalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda Qorao‘zak
tumani hokimi, soha xodimlari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi. So‘nggi
vaqtlarda Qorao‘zak tumani hududida yo‘l transport hodisalarining ko‘plab
uchrayotganligi tanqid qilindi va mutasaddilarga bu borada olib borilishi lozim
bo‘lgan ishlar hamda mahalla yettiligi tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini
kuchaytirish lozimligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati