Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishdi.
Joriy yilning 13 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi katta leytenant A.Kengesbayevning tashabbusi bilan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning vatanparvarlik tuyg‘usini yana-da oshirish maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bitiruvchi 3-bosqich kursantlari va Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseyi o‘quvchilarini dunyoga «Sahrodagi luvr» nomi bilan mashhur Nukus shahridagi I.V.Saviskiy nomidagi muzeyga sayohat tashkil etildi.
Shuningdek, sayohat davomida kursant va o‘quvchi yoshlar Nukus shahridagi mustaqil davlatimiz ramzlari bo‘lgan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat bayroqlari qad ko‘targan maydonchaga va Qoraqalpoq xalqining buyuk mutafakkir shoiri Ajiniyaz Qosibay ulining haykaliga ziyorati tashkillashtirildi.
Bundan tashqari, yoshlarning iltimosiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Xotira maydoni»ga olib borilib, ularga fuqarolarning xavfsizligi va jamoat saqlash bo‘yicha xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlar bo‘yicha maʼlumot berildi.
Shuningdek, kursantlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Tarixiy” muzeyiga sayohat qilishib, ularga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarining tarixi aks ettirilgan eksponatlar va xodimlar tomonidan xizmat faoliyati davomida foydalanilgan eski va yangi namunadagi qurol-yarog‘lar bilan tanishtirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati