YPX inspektoriga pora taklif qilgan shaxs qo'lga olindi
Joriy yilning 6-mart kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV YPX inspektori S.A.ning bildirgisiga asosan O'zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir natijasida, fuqaro F. Sh. shu yilning 6-mart kuni qudasi U. D. tomonidan «Neksiya 2» rusumli avtomashinasini spirtli ichimlik ta'sirida boshqarib, avtomashina jarima maydonchasiga quyilgan holati to'plangan materiallarni sudga yubormasdan, avtomashinani jarima maydonchasidan olib chiqib berish evaziga YPX inspektori S. A.ga 2 million so'm pullarni pora sifatida berayotgan vaыtida tezkor tadbir ishtirkchilari tomonidan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.