Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘limi kinolog xodimlari tomonidan, respublikamiz hududida joylashgan o‘quv yurtlarida maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan xizmat itlari yordamida ko‘rgazmali chiqishlar amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruqlari talablariga muvofiq, Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" hamda "Qora dori-2025" keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida faol ishtirok etib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan o‘quv muassasalarida maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan xizmat itlari yordamida ko‘rgazmali chiqishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, xodimlar tomonidan ishtirokchilarga Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarning maqsadi va mazmun-mohiyati tushuntirilib, kinologiya bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar berilmoqda.