18 Iyul 2025 yil 2805

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov ishtirokida Amudaryo tumanida avtotransport boshqaruvchilari bilan uchrashib, respublikamiz hududida yuz bergan og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalari muhokama qilindi

Shu yilning 17-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov ishtirokida Amudaryo tumani Hokimligi majlislar zalida Amudaryo tumanida qo‘pol qoidabuzarliklar hamda 5 va undan ko‘p qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida respublikamiz hududida og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, yuz bergan yo‘l-transport hodisalari oqibatida bir necha fuqarolarning hayoti o‘lim bilan yakunlanganligi, farzandlari yetim qolib ketganligi achinarli holat ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, respublikamiz hududida og‘ir yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarga qonun doirasida chora ko‘rish bo‘yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi

Text to speech