2 Iyun 2025 yil 1130

O‘zbekiston fuqarosining ID-kartalari rasmiylashtirib berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentabr kungi «O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6065-sonli farmoniga muvofiq ID-kartalar olish yuzasidan 2025 yilning 5 oyi davomida To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan jami–11333 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaat qilgan fuqarolarning barchasiga O‘zbekiston fuqarosining ID-kartalari rasmiylashtirib berildi.      To‘rtko‘l tumanida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2025 yil boshida 225 nafarni tashkil qilib, shulardan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13 martdagi 610-son “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” Qonuning 6-45 moddalari bo‘yicha To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish yuzasidan 2025 yilning 5 oyi davomida 25 tasi  xujjat topshirgan bo‘lib,  bugun tuman hokimligida hujjatlari tayyor bo‘lgan fuqarolarga  tuman hokimligida tantanali ravishda O‘zbekiston fuqarosining ID-kartasi berildi.

Text to speech