O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining eski namunadagi biometrik pasportlarini o‘z vaqtida identifikatsiya ID-kartalarga almashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
Hozirgi kunda yurtimizda fuqarolik masalalari yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda yurtimizda yashovchi Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va xorijiy fuqarolarga fuqarolik olish bo‘yicha bir qator yengilliklar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining eski namunadagi biometrik pasportlarini o‘z vaqtida identifikatsiya ID-kartalarga almashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 sentyabrdagi tegishli Farmoniga asos, O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalarga almashtirish yo‘lga qo‘yilgan. Yil boshidan hozirgi kunga qadar 107 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga identifikatsiya ID-kartalar rasmiylashtirilib berilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning orzu istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida ularning murojaatlari qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asos, 30 ga yaqin shaxslar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi va identifikatsiya ID-kartalar bilan hujjatlashtirildi.Shuningdek, Fuqarolarning pasportlarini olishda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, ularning sarson sargardon bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida va barcha tuman IIB Migratsiya bo‘limlarida fuqarolar uchun keng turda sharoitlar yaratilib kelinmoqda.