21 Sentyabr 2023 yil 2453

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi masʼul xodimi A. Yangibayev tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida, biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan hududlarga chiqqan xolda kriminogen vaziyatni tahlil qilish, amaliyot xodimlarining faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha jamoaviy va yakka tartibda tushuntirish ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘ining buyrug‘i va reja-topshirig‘iga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va uning quyi tizimlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida, biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan hududlarga chiqqan xolda kriminogen vaziyatni tahlil qilish, amaliyot xodimlarining faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha jamoaviy va yakka tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati, Vazirlikning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining masʼul xodimlari va  IIV Akademiyasi masʼul xodimi A.K.Yangibayev ishtirokida amaliyot xodimlarining bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, Akademiya bitiruvchilarining faoliyatini monitoring qilish va bu orqali taʼlim sifatini yana-da takomillashtirish maqsadida, Akademiyani oxirgi uch yil davomida tamomlab hozirda biriktirilgan hududlarda xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat jarayonida bitiruvchilarning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, ularning bilim saviyasi, qonuniylik va xizmat intizomiga rioya qilish ahvoli, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlari o‘rganildi. Suhbat yakunida, bitiruvchilari o‘rtasida IIV Akademiyasida taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish hamda xizmat faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Kelgusida reja-topshiriqqa asosan, hududning o‘ziga xos-xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda eng ko‘p sodir etilayotgan jinoyat turlari yoki uni sodir etayotgan shaxslarning toifalari bo‘yicha amaliyot xodimlari foydalanishlari uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish, ushbu tayyorlangan metodik qo‘llanmalar bo‘yicha amaliyot xodimlari o‘rtasida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, ehtiyojga ko‘ra metodik qo‘llanmalarni hududiy ichki ishlar organlariga tarqatish kabi vazifalarni amalga oshirish belgilandi.

 

Text to speech