24 Aprel 2024 yil 5597

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2024 yil 15 aprel kuni tizimda "Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi" eʼlon qilindi

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmat rahbarlari va shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya va tamagirlik holatlarining sodir etilishini oldini olish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati  boshlig‘i podpolkovnik G‘ulomjon Eshimbetov boshchiligida yigilish bolib otdi. Tadbirga Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari xodimlari va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Yig‘ilishda xodimlarga kelgusida xizmat intizomiga qatʼiy amal qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ishlar organi xodimiga xos fazilatlarni mustahkam saqlash bo‘yicha aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech