1 Sentyabr 2023 yil 822

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida ham tantanali ravishda o‘tkazildi.

«Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida ham tantanali ravishda o‘tkazildi.Bayram tadbiri O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat gimnlari bilan boshlandi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov so‘zga chiqib tadbir ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonovning bayram tabrigini uqib eshittirdi. Shuningdek, so‘ngi yillarda ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlarni har bir xodim o‘z timsolida ko‘rishini taʼkidladi.
Prezidentimizning tashabbusi bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining yashash sharoitini yaxshilash borasidagi amalga oshirilgan ishlar natijasida xodimlar o‘y-joy bilan taʼminlandi. Shuning bilan sohadalarda xizmat natijadorligi ortishida eng zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlanishi natijasida yurtimizda bir qator jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda, sodir etilgan jinoyatlarning o‘z vaqtida va tezkor ochilishiga erishildi. Davlatimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlarining ham mukofotlanishi barcha xodimlarga   quvonch bag‘ishlab, o‘z kasbiga bo‘lgan faxrlanish tuyg‘ularini foyda etganligini taʼkidladi.
Bayram tadbirida bir guruh xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirildi. Shuningdek, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda namunali xizmat qilib kelayotgan xodimlarga Faxriy yorliqlar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining esdalik qo‘l soatlari hamda ko‘krak nishonlari topshirildi. Ichki ishlar organlarida ko‘p yillar davomida xizmat qilgan, elimizning tinchligini taʼminlashga o‘zlarining qissasini qo‘shgan faxriylar ham bayram tadbirida vazirlik tomonidan munosib taqdirlandi. Eng ulug‘ eng aziz hisoblangan bayram tantanasi elimizga taniqli madaniyat xodimlari va vazirlikning Aral yulduzlari ansambli tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yana-da zavqli bo‘ldi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech