18 Aprel 2024 yil
5010
JIED Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibining huquqiy savodxonligini yana-da oshirish, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishini taʼminlash bo‘yicha doimiy ravishda ular bilan qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib borilmoqda
Jumladan,
yaqinda hibsxonaga O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi masʼullari A.Ametov va
F.Romanovlar taklif etilib, xodimlar bilan O‘zbekiston Respublikasining
29.09.2011 yilgi O‘RQ-298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash
to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va boshqa qonunchilikdagi
o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Yig‘ilishda,
ushbu Qonunning vazifalari jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab
turilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi
qo‘llanilgan shaxslarni qamoqda saqlash tartibi hamda shart-sharoitlarini,
ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini
belgilashdan iborat. Shuningdek,
jamiyat taraqqiyoti – qonun ustuvorligi va sud hokimiyatining mustaqilligi
bilan chambarchas bog‘liq. So‘nggi yillarda sud-huquq sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda inson qadrining yana-da yuksalishi,
huquq va erkinliklari eng oliy darajada qadrlanishini taʼminlashga xizmat
qilayotir. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki
qamoqda saqlash muddatini uzaytirish uchun sanksiya berish vakolatining
sudlarga o‘tkazilishi bu boradagi dastlabki qadamlar bo‘lgan bo‘lsa, keyingi
yillarda bu islohotlar yana-da jadallashdi. Jinoyatni sodir etishda gumon
qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa olish
va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek, dastlabki
tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartirildi. Xususan,
aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida “Xabeas korpus”
instituti kengaytirilib, tergov ustidan sud nazorati yana-da kuchaytirildi. Bu
kabi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida yangilanayotgan Konstitutsiyada
O‘zbekiston – huquqiy davlat deb eʼtirof etilib, inson huquqlariga oid normalar
uch barobarga ko‘paymoqda. Yaʼni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida qayd
etilmoqda. Shular bilan birga, advokatlarning huquq va majburiyatlari, ichki
ishlar organlari xodimlari bilan o‘zaro munosabatlari, hibsxonaga
kirish-chiqishda xodim va advokatlarning majburiyatlari, advokatlar etika va
estetikasi masalalarida ham keng turda ochiq muloqot va davra suhbatlari
tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida xodimlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari
bilan masʼullarga savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblarini olishdi