24 Noyabr 2023 yil 4963

Joylarda fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23 noyabr kuni Shumanoy, Xӯjayli, Qanliko‘l, Qung‘irot va Muynaq tumanlari aholisi uchun huquqni muhofaza qiluvchi  organlarning fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Shumanoy tumani ichki ishlar bo‘limida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratov tomonidan fuqarolarning murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida 14 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib chiqildi.

Jumladan fuqarolarning muddatidan ilgari Probatsiya nazoratidan chiqarishda amaliy yordam berish masalasidagi murojaatlari, shuningdek fuqarolarning buzilgan huquqlarini qayta tiklash bo‘yicha murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek shu ko‘nning o‘zida Nukus tuman, Nukus shahar, Taxiatosh, Amudaryo tumanlari aholisi uchun huquqni muhofaza qiluvchi  organlarning fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan 38 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib chiqildi.

6 nafar fuqarolarning arizalari qabul qilindi hamda ijroga qaratildi.

4 nafar fuqarolarning murojaat masalalari yuzasidan tegishliligi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

4 nafar fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish maqsadida tikuvchilik bilan shug‘ullanish uchun subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berishda amaliy yordam berish masalasidagi murojaatlari joyida ko‘rib chiqildi hamda ijobiy hal etilib tikuv mashinalari topshirildi.

4 nafar fuqarolarning o‘z o‘zini band qilish maqsadida pishiriqlar bilan shug‘ullanish uchun  subsidiya asosida pishiriq pechkalari olib berishda amaliy yordam berish masalasidagi murojaatlari joyida ko‘rib chiqildi hamda ijobiy hal etilib pishiriq pechkalari topshirildi.

1 nafar fuqaroning 1-guruh nogironligi bo‘lganligi sababli nogironlik aravachasi olib berishda amaliy yordam berish masalasidagi murojaati joyida ko‘rib chiqildi hamda ijobiy hal etilib nogironlik aravachasi topshirildi. 1 nafar fuqaroning ID-karta olishda amaliy yordam berish masalasidagi murojaati joyida ijobiy hal etilib, ID-karta rasmiylashtirilib berildi. 18 nafar fuqarolarning muddatidan ilgari Probatsiya nazoratidan chiqarishda amaliy yordam berish masalasidagi murojaatlari yuzasidan JIB sudlariga Taqdimnomalar kiritilib ijobiy hal etildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech