Juma Harakat xavfsizligi kuni munosabati bilan joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizlik xizmati Yo‘l harakati
xavfsizlik boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Qorao‘zak,
Chimboy tumanlarida yo‘l transport
hodisalarining oldini olish, avtotransport vositalarini boshqaruvchilarining
hushyorligini oshirish maqsadida mahallalarda profilaktik targ‘ibot ishlarini
olib bordi. Tadbirda haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga amal
qilishlari, transport boshqarishda tezlikni oshirmaslik, belgilangan tezlikka
rioya etish hamda piyodalar o‘tish joylarida piyoda harakatlanayotgan
yo‘lovchilarni o‘tkazish kerakligi tushuntirildi. Shuningdek so‘ngi
vaqtlarda spirtli ichimliklar tasirida transport vositalarini boshqarish
holatlari natijasida inson o‘limi bilan bog‘liq yuz berayotgan og‘ir oqibatli
yo‘l transport hodisalari haqida tayyorlangan video roliklar namoyish etildi.
Tadbirda bir necha marta qoidabuzarlik sodir etgan yoshlar va yo‘lovchi
tashuvchi transportlarni boshqaruvchi haydovchilar bilan tushuntirish ishlari
olib borildi hamda ularni yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chaqirdi.