17 Апрел 2022 йил 840

Beruniy tumanida 4.73 gramm “Opiy” giyohvandlik moddasini olib yurgan shaxs ko‘lga tushdi.

Joriy yilning 1 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JQB, tumani IIB JQB va DXX xodimlari tomonidan  o‘tkazilgan  tezkor tadbir davomida, Beruniy tumanida 1963 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zRes JKning 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan, Yu. G‘ ismli shaxs Beruniy tumani Qiyot MFY ichki yo‘lida to‘xtatilib, shubhali harakatlar sodir etganligi sababli, tuman IIB ga olib kelingan, IIB da tegishli xodimlar tomonida yonidagi narsa va buyumlarni chiqarib berilishi so‘ralganida, u o‘z ixtiyori bilan chap oyog‘idagi paypog‘i ichiga yashirib qo‘ygan, oq rangli qog‘oz o‘ramini chiqarib bergan va ushbu qog‘oz o‘ramiga o‘ralgan narsa xolislar ishtirokida ochib tekshirib ko‘rilganida, kleyonkaga o‘ralgan, o‘tkir hidli, jigarrang modda borligi aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olinib, xolislar ishtirokida konvertga solib muhrlangan. Tekshirish  xulosasiga ko‘ra, 4.73 gramm “Opiy” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan G‘. Yu ismli shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining JK-ning  276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech