10 Aprel 2025 yil
1000
“Ma’naviyat oyligi” doirasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litsey o‘quvchilari bilan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda IIV ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Majidov, Ichki ishlar vaziri maslahatchisi polkovnik Orinbay Turdakov, IIV Faxriylar Kengashi raisi is’tefodagi podpolkovnik Farxod Sankibaev hamda boshqada faxriylar ishtirok etib, yig‘ilganlarni Sohibqiron Аmir Temur tavallud kuni munosabati bilan tabriklab, bu sohada amalga oshirilayotgan islohatlar hamda o‘zlarining mehnat faoliyatlari haqida o‘quvchi yoshlarga so‘zlab berdilar. Bu kabi uchrashuvlar o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanimizga bo‘lgan daxldorligini yana-da kuchaytirib, ularga xizmat burchi va qasamyodiga sadoqat ruhida tarbiyalashga, kasbiy hamda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadi.