31 Iyul 2021 yil 1745

102 avtomatlashtirilgan ro‘yxatga olish markazi ochildi

31 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida 102 ro‘yxatga olish markazi ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari A.Davletov, Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Z.Reymova, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor A.Ikramov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurori F.Allambergenov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M.Yusupov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik A.Davletov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov, ichki ishlar vazirligi tizimidagi rahbar va xodimlar ishtirok etdi. Tadbirda, so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, har qanday jinoyat va qonunbuzarlikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Jumladan, ichki ishlar organlarining faoliyatini takomillashtirish, tizimda zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish, xalqchil va ochiq, mobil va ixcham tuzilmalarni shakllantirish, soha xodimlarining ma’naviy qiyofasi, jamiyatimizdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sohada markazlashgan 102 avtomatlashtirilgan axborot tizimining yo‘lga quyilishi ham ana shu islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, mazkur markaz aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va qonunbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarni yangi, yuksak bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
102 tizimi markazlashgan tizim bo‘lib, fuqarolarning murojaatlarini, voqea hodisalar haqidagi qo‘ng‘iroqlarini qabul qiladi hamda bunga tezkorlik bilan munosabat bildiradi. Tizimning faoliyati uchun eng so‘nggi innovatsion texnika va texnologiyalar joriy qilinib, bunda aloqa vositalaridan tortib, hududlarni nazorat qilish uchun maxsus kuzatuv kameralarigacha mana chu joyda nazoratga olinadi. 102 tizimiga navbatchi operatorlar biriktirilgan bo‘lib, aholi murojaatlarini kunu-tun qabul qilib, ularga munosib tarzda javob qaytarishadi.
Ushbu tizim orqali respublikamiz hududida kriminogen vaziyatlarni barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularga tezkorlik bilan munosabat bildirishda qulay tizim hisoblanadi. 
Tadbirda ushbu tizimning faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, uning qulayliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech