19-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Chet tillari fakultetida fakultet dekani D.J.Kurbanbayev rahbarligida "Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet profilaktika inspektori mayor
I.Erejepov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor
K.Ataniyazova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog F.Tolibayeva ishtirok
etdi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha universitetda yoshlar tarbiyasi, ularning
ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlash, huquqbuzarlik va
jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida yuzaga
kelayotgan dolzarb muammolarni muhokama qilish maqsadida yig‘ilish bo‘lib
o‘tdi. Tadbir davomida sodir etilgan jinoyat turlarini o‘zida jamlagan ko‘rgazmali slaydlar, videoroliklar
qo‘yib berildi. Psixologik jihatdan sog‘lom muhit yaratish va ma’naviy barkamol
shaxs bo‘lib shakllanish bo‘yicha ham tushunchalar berib o‘tildi va bu bo‘yicha
talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.
O‘tkazilgan tadbirning asosiy maqsadi yoshlar orasida huquqbuzarlik va
jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib
borish, shuningdek yoshlarni zarur ma’lumotlar bilan tanishtirib borish
hisoblanadi.