2 Iyul 2025 yil 274

“30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining yosh xodimlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Nukus shahrida joylashgan “Oq qush” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan “Yoshlar oyligi” doirasida hamda “30-iyun-Yoshlar kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning boshchiligida vazirlikning barcha sohaviy xizmatlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda vazir o‘zining bosib o‘tgan yo‘llari va qiyinchilik davrlarda vatanga sadoqat bilan xizmat qilganligini, bugungi kunda muhtaram prezidentimizning tashabbusi bilan ichki ishlar organlariga yaratilayotgan imoniyatlar texnika va moddiy yordamlar kursatilayotganligini taʼkidlab o‘tdi. Yosh xodimlar bu kabi imoniyat va sharoitlardan tulakxonali foydalanishi kerakligi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda kamarbasta bo‘lish kerakligi tushuntirilib o‘tildi. Tadbir so‘ngida Yoshlar vazirga o‘zlaring qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda o‘zlarining samarali mehnatlarni qo‘shib kelayotgan bir qator yosh xodimlar va ularning ota-onalariga minnatdorchilik xatlari topshirildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech