29 Aprel 2025 yil 348

"Ma‘naviyat oyligi" doirasida Ellikqalʼa tumani Ichki ishlar bo‘limida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” o‘tkazildi

Tadbirda Ellikqalʼa tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Q.Uzakbayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqalʼa tuman bo‘linmasi rahbari A. Matniyazova, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Amanov, Agentlik tizimidagi Ellikqalʼa ixtisoslashtirilgan maktab-internati oliy toifali o‘qituvchisi va shoir A. Reyimov, "Zakovat" intellektual klubi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy koordinatori  D. Jumaniyozov hamda ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ma’ruzachilar xodimlarining xizmat faoliyatida ma’naviy-ma’rifiy bilimlarning o‘rni, vatanparvarlik g‘oyalarining ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritdilar. Xususan, o‘zbek tili — mustaqil davlatimiz ramzi, milliy g‘ururimiz va qadriyatlarimizning ajralmas qismi ekani, davlat tilida to‘g‘ri va ravon nutq so‘zlash,  faoliyatida to‘liq va samarali qo‘llash zarurligi haqida keng tushunchalar berildi

Text to speech