Davlatimiz rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan tungi vaqtda To‘rtko‘l tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.
Vazir o‘rinbosari dastlab tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar faoliyati bilan tanishib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarning barqarorligini taʼminlash, tungi paytda yo‘l transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Shuningdek, To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi va tumandagi mavjud maktab binolarining qo‘riqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli o‘rganilib, xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Bundan tashqari, To‘rtko‘l tumani «Bog‘yop» MFY hududida joylashgan “Yoshlik” istirohat bog‘idagi jamoat tartibini saqlash uchun qo‘riqlash bo‘limi shahodatlangan xodimini shartnoma asosida biriktirish, tungi yoritish chiroqlarini ko‘paytirish va qo‘shimcha kuzatuv kameralarini o‘rnatish choralarini ko‘rish, istirohat bog‘ida mavjud attraksionlarning sozligini muntazam ravishda tekshirib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.