Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Amudaryo tumanining kriminogen vaziyati og‘ir hamda “qizil” toifaga tushgan “Navoiy” mahallasi o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi «2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Amudaryo tumani ichki ishlar bo‘limining ish faoliyati o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlarining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining 11.03.2025 yildagi Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tekshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 24.04.2024 yildagi «Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 200-sonli buyrug‘iga asosan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ahvoli o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.