10 Iyun 2025 yil 183

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi, Adliya vazirligi hamda Advokatlar palatasi bilan hamkorlikda tergovchi va surishtiruvchilarning bilim, malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminari davomida, surishtiruvchi va tergovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda yaratilgan «Elektron surishtiruv va dastlabki tergov» axborot tizimidagi “Taqdimnoma” platformasining ishlash tartibi to‘g‘risidagi mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 16 iyundagi «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘RQ-848-sonli Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 21 noyabrdagi 774-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning mazmun-mohiyati batafsil yoritib berildi hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammoli holatlar atroflicha muhokama qilindi. O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, tergovchi va surishtiruvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

Text to speech