4 Avgust 2020 yil 1446

O'zbekiston Respublikasi IIV Faxriylar kengashi guvohnomalari va faxriy yorliqlari topshirildi.

Bugun nafaqada bo'lsa-da, yoshlarga katta hayotiy tajribalaridan saboq berib, bilmaganini o'rgatib, hamfikr bo'layotgan faxriylarning borligi albatta quvonarli hol. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tizimda uzoq yillar xizmat qilib hozirda nafaqada bo'lgan bir guruh faxriylarga O'zbekiston Respublikasi IIV Faxriylar Kengashi guvohnomalari topshirish tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda,  Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib faxriylarning xizmat vaqtida qilgan mehnati hamma vaqt qadrlanishi va e'zozlanishi shuningdek, bugungi kunda ichki ishlar organlariga davlatimiz miqyosida e'tibor qaratilayotgan haqida  aytib o'tdi.
Shundan so'ng,  faxriylarga O'zbekiston Respublikasi IIV faxriylar  kengashi guvohnomalari va faxriy yorliqlari topshirildi. Shuningdek tadbir davomida, Qoraqalpog'iston Respublikasi  Ichki ishlar organlarining bir guruh xodimlariga O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining buyruqlari bilan navbatdagi ofitserlik unvonlari topshirildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati. 
 
Text to speech