22 Yanvar 2021 yil
1261
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Beruniy tumanida sodir etilgan bezorilik jinoyati bo'yicha ma'lumot.
Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 30 dekabrь kuni Beruniy tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.
Olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari davomida jinoyat ishi 2021 yilning 19 yanvarь kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandiga qayta kvalifikatsiya qilinib, hozirda jinoyat ishi bo'yicha protsess ishtirokchilari bilan bog'liq barcha tergov va protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda. Janjalda ishtirok etgan har bir shaxsning harakatlariga qonuniy baho beriladi.
Jinoyat ishi Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokuraturasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Jinoyat ishining natijasi yuzasidan qo'shimcha ma'lumot beriladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati