24 Mart 2021 yil 1232

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Xo‘jayli tumanida sodir bo‘lgan janjal bo‘yicha maʼlumot.

Joriy yilning 19 mart kuni 20:00larda Xo‘jayli tumani “Krujka” kafesi yonida Xo‘jayli tumanida yashovchi fuqaro R.M. va uning yonidagi ikki nafar sheriklari bilan P.A. va N.A.lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal natijasida Xo‘jayli tumanida yashovchi fuqaro P.A. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasidan ko‘rikdan o‘tgan.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan, Xo‘jayli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, janjalda ishtirok etgan har bir shaxsning harakatlariga qonuniy baho beriladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech