3 Iyun 2020 yil 1630

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Nukus tumanida fuqarolar orasida sodir bo'lgan janjal yuzasidan ma'lumot.

2020 yili 28-may kuni soat 09:40 lar shamasida To'rtko'l tumanida yashovchi ekskavator boshqaruvchisi fuqaro A.B bilan birga yurgan fuqarolar P M, B Q, S Blar Nukus tumani Baqanshaqli OFY hududidan o'tuvchi «Davlet» ariq bo'yida ariqlarni tozalash qizil miya qazib olish ishlarini olib borayotgan vaqtida, ariq bo'yida Nukus tumanida yashovchi fuqaro J Mga tegishli bo'lgan tomorqa yer maydoniga zarar yetkazganligi sababli fuqarolar, A B, P M, B Q va Nukus tumanida yashovchi fuqarolar J M, J S, A R o'rtasida janjal  kelib chiqqan va  ular bir birini urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada To'rtko'l tumanida yashovchi fuqaro A.B, va Nukus tumanida yashovchi fuqaro B Qlar tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Nukus tumani IIB tomonidan tegishli tartibda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
Text to speech