25 Iyul 2020 yil 1452

Profilaktika katta inspektori «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Bugungidek sinovli kunlarda fidoyi mehnat qilayotgan har soha vakillari bugunning qahramonlari desak mubolag'a bo'lmaydi. Ular kechayu-kunduz xalqimizning salomatligi va tinchligi yo'lida xizmat qilib kelmoqdalar,  Shular qatori Ichki ishlar organlari xodimlari  hududlarda tinchlik ta'minlash huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish bilan birga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda ham fidoyilik namunalarini ko'rsatishmoqda.
Prezidentimiz tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi ko'rishda fidoyilik ko'rsatgan vatandoshlarimizning bir guruhini taqdirlash to'g'risidagi farmoni bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo'limi profilaktika  katta inspektori mayor Azat Boranbayev  «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik  A.Temirxanov va vazirlik rahbariyati profilaktika katta inspektori mayor Azat Boranbayevning xonadonida bo'lib uning ota-onasi farzandining davlat mukofoti bilan taqdirlanganligi bilan tabriklab ularga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
«Shuhrat» medali bilan taqdirlangan mayor Azat Boranbayevni  kelgusi xizmat faoliyatida zafarlar tiladi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech