Xalqimiz har yili orziqib kutadigan sharq
xalqlarining yangi yil boshi bo‘lgan Navro‘z bu yil ham ona diyorimizga qutlug‘
qadam qo‘ydi. Tabiat yangilanishining ramzi, yangi kun elchisi bo‘lgan ulusning
ulug‘ kuni Respublikamizning barcha hududlarida keng tarzda nishonlanib, bayram
tomoshalari, xalq sayillari davom etmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi jamoasi ham Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda
nishonladi. "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!" shiori ostida
tashkil etilgan bayram tadbirida Respublikamizga mashhur xonandalar va
vazirlikning Orol yulduzlari ansambli tomonidan bayramga bag‘ishlangan konsert
dasturi, milliylikni aks ettiruvchi sahnalashtirilgan bayram tomoshalari
namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga alohida zavq bag‘ishladi. Navro‘z
bayrami milliy sport o‘yinlarini o‘zida mujassam etgani bilan ham
ahamiyatlidir. Shuningdek, bayram tadbiri davomida milliy kurash, tosh
ko‘tarish va arqon tortish kabi milliy sport turlaridan musobaqalar tashkil
etildi. Darhaqiqat, Navro‘z - xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va
bebaho qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan tinchlik, osoyishtalik va
farovonlik bayramidir. U yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar uchun
birdek sevimli va eng qadrli bayramlardan biridir. Shuning uchun ham xalqimiz
"Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!" deb bir-biriga ezgu tilak bildiradi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: