AFV ETILGANLARNING MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
Prezidentimizning “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, 488 nafar shaxslar afv etildi. Ular qatorida Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qiluvchi 8 nafar shaxslar ham bor. IIV masʼullari hamda Respublika IIV rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh ularning xonadonlarida bo‘lib, oilaviy sharoitlar, mavjud muammolarni o‘rganishmoqda. Jumladan, 2025 yil 03 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik B.Ulug‘bekov boshchiligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik B.Ubbiniyazov, tuman IIB boshliqlari bilan birgalikda, Amudaryo, Ellikqala va To‘rtko‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi afv etilgan fuqarolar holidan xabar olindi. Ularning oilaviy sharoiti va muammolari o‘rganildi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jarayonlarda davlatimiz rahbari tomonidan berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish borasida tushunchalar berildi. Shuningdek, bugungi kunda afv etilgan fuqarolarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ish bilan taʼminlash, muhim daromad manbaini yaratish borasida tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Tumanlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan muloqotda davlatimiz rahbari tomonidan berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuncha berildi. Shu qatorda ularning mavjud masalalari tinglanib, zarur yordam ko‘rsatildi.