3 Oktyabr 2025 yil
588
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Respublika Prokurori Nukus shahrida joylashgan “Xalqlar do‘stligi” Makon fuqarolar yig‘ini hududiga tashrif buyurib, jinoyatchilikning mavjud ahvoli hamda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif
doirasida mutasaddi rahbarlar mahalladagi huquqbuzarlik holatlari, ularning
kelib chiqish sabablari va profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini
o‘rgandilar. Shuningdek, aholi va mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazilib,
fuqarolarning huquqiy ongi va jamoat tartibini saqlashdagi faol ishtiroki
muhokama qilindi.
Ichki
ishlar organlari va prokuratura tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
doirasida jinoyatlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish,
aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni oshirish masalalariga alohida e’tibor
qaratildi.
Bunday
tashriflar jinoyatchilikni kamaytirish, fuqarolarning xavfsizlik darajasini
oshirish va mahallalarda barqaror huquqiy muhitni yaratishga xizmat qiladi.