1 Dekabr 2020 yil 1453

Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpoq akademik litseyida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining      31 yilligi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi iste'fodagi polkovnik O.Turdaqov, vazirlikning kadrlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik P.Berdanovlar  vazirlikning «Tinchlik posboni» gazetasi bosh muharriri iste'fodagi podpolkovnik J. Uteniyazovlar va Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o'qituvchisi K.Mambetovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tabriklab, Ona tilimizda bugungi kungacha buyuk shoir yozuvchi bobolarimiz tomonidan qanchadan-qancha qo'shiq va  dostonlar, ayniqsa bir nechta jilddan iborat qoraqalpoq folьklori yig'ilganligini faxr bilan aytib o'tishdi.
Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi direktori, podpolkovnik U. Qadirov kelgan mehmonlar o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi.Bayram tadbiri davomida, litseyning faol o'qituvchi va o'quvchilariga «Faxriy yorliqlar topshirildi..
Bayram tadbiri litsey o'quvchilarining tayyorlagan bayram kontserti bilan davom etdi. Ular Kunxoja, Berdoq, Ajiniyaz hәmda Ibrayыm Yusupovlar qo'shiqlarini o'qib, kelgan mehmonlarda alohida ta'surotlar qoldirishdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
 
 
Text to speech