5 Avgust 2025 yil 1021

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida Chimboy tumanida yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatning kelib chiqish sabablari va kelgusida bunday salbiy holatlarning oldini olishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Tоrebekov va Chimboy tumani hokimi Aybek Tajetdinov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tegishli muassasa va tashkilot rahbarlari, shuningdek mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, ayrim hududlarda mahalla yettiligi tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish borasidagi ishlarning to‘g‘ri tashkil etilmaganligi og‘ir oqibatli jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari va hamkor tashkilotlar xodimlariga sodir etilgan holatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Tadbirda ta’kidlanganidek, jinoyatlarning oldini olishda - nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, balki har bir fuqarodan faollik talab etiladi. Shunday ekan atrofimizda yuz berayotgan voqealarga befarq bo‘lmasligimiz kerak. Chunki yashab turgan hududimizning huquqbuzarlik va jinoyatlardan xoli bo‘lishi - o‘zimiz va yaqinlarimizning xavfsiz hayot kechirishiga xizmat qiladi. Tadbir yakunida kelgusi vaqtlarda huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning, shu bilan birga boshqa favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha yig‘ilgan mas’ul xodimlarga vazifalar belgilab berildi.

 

Text to speech