8 Sentyabr 2025 yil 664

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Matematika fakultetida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun universitetning Matematika fakulteti talabalari ishtirokida har bir guruhda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda fakultet dekan o‘rinbosari J.Nizekeev, universitetning profilaktika inspektori I.Erejepov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni universitet fakultet dekani o‘rinbosari J.Nizekeev ochib berdi va olib bordi. U o‘z nutqida yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklar va ularning salbiy oqibatlari, axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy faollikni oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdi.

Shundan so‘ng, universitetning profilaktika inspektori I.Erejepov so‘zga chiqib, talabalarga amaldagi qonunchilik, yo‘l harakati qoidalari, huquqbuzarliklarning oldini olish usullari va jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha tushuntirishlar o‘tkazdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi va soha mutaxassisi tomonidan berilgan tavsiyalar asosida huquqiy ongni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalarga ega bo‘ldi.

 

Text to speech