Davlatimiz rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan tungi vaqtda Xo‘jayli tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.
Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev dastlab tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar faoliyati bilan tanishib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarning barqarorligini ta’minlash, tungi vaqtda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, Xo‘jayli tumani 3-sonli maktab binolarining qo‘riqlanishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, Xo‘jayli tumani "Murtazabiy" MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 3,5,7-sonli ko‘p qavatli uylarning old tomoniga tungi yoritish chiroqlarini ko‘paytirish va kuzatuv kameralarini o‘rnatish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
 
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                        