3 Noyabr 2025 yil 180

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi

Qabul jarayonida aholini qiynayotgan masalalar, jumladan, ichki ishlar faoliyatiga oid turli murojaatlar, hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Qabul davomida har bir murojaatchi bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ular tomonidan bildirilgan masalalarni joyida hal etish va tegishli tartibda nazoratga olish choralari ko‘rildi. Shuningdek, mas’ul rahbarlarga murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shunday tarzda o‘tkazilayotgan shaxsiy qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning ishonchini oshirish va jamiyatda huquq-tartibotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Text to speech