Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan fuqarolarning ichki ishlar organlariga taalluqli masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
Jamiyatda
huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
taʼminlash, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatiga oid muammolarni hal
etish maqsadida joylarda masʼul rahbarlar tomonidan fuqarolarni shaxsan qabul
qilish amaliyoti izchil davom ettirilmoqda.
Shu
maqsadda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar
Torebekov tomonidan fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli
masalalar bo‘yicha navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabul
davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha
ko‘rib chiqildi, ularning har biri bo‘yicha qonuniy hal choralari belgilandi.
Qabul
jarayonida ichki ishlar xodimlari faoliyati bilan bog‘liq savollar hamda
huquqiy yordam ko‘rsatish masalalariga taalluqli bo‘ldi.
Fuqarolarning
murojaatlariga munosabatda adolat, xolislik va ochiqlik prinsiplariga amal
qilindi. Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan joyida hal etish choralari
ko‘rildi va masʼul mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bunday
qabullar aholi bilan muloqotni mustahkamlash, ularning muammolariga amaliy
yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.