Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlar uchun “Eng yaxshi psixolog” tanlovi eʼlon qilinadi
Tanlovda
egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar psixologiya yoʻnalishi boʻyicha oliy
maʼlumotga ega IIB xodimlari, shahodatlangan va shahodatlanmagan
psixologlarning ishtirok etishi mumkin.
Tanlovni oʻtkazish bosqichlari:
Hududiy saralash
bosqichi – avgust oyida Ichki ishlar vazirligi markaziy
apparati, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda taʼlim muassasalari
xodimlari oʻrtasida;
Respublika bosqichi – oktabr noyabr oylarida hududiy saralash
bosqichida gʻolib boʻlgan xodimlar oʻrtasida.
Tanlov quyidagi shartlar asosida oʻtkaziladi:
a) ishtirokchilarning psixologiya sohasini rivojlantirishga
qaratilgan faoliyatlari;
targʻibot-tashviqot ishlari (OAVda eʼlon qilingan materiallar, gazeta
va jurnallardagi maqolalar va boshqalar);
ishtirokchilarning trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy
tadbirlardagi ishtiroki.
b) psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog”
tashrif qogʻozi videoroligi;
v) psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan gʻoya va uni
amaliyotga joriy qilish istiqbollari;
g) ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan
sinovlar (savol-javoblar):
psixologiya sohasiga tegishli ichki idoraviy hujjatlar boʻyicha
savol-javoblar;
psixologiya sohasi boʻyicha savol-javoblar.
Respublika bosqichida gʻolib va sovrindorlar Ichki ishlar vazirligining
diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanishadi.
Ushbu tanlovda qatnashish istagida bo’lgan IIB xodimlari 2025-yil 5-avgust kunidan 10-avgust (shu kuni ham)
kuniga qadar Vazirlikning MMI va KBTX MMIB Psixologik ta’minlash guruhiga
murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun: +(99861)-229-93-40
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati