Bo‘zatov tumanida "Dolzarb 90 kunlik" tadbiri doirasida qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning "Velosport" turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Joriy yilning 27 iyun kuni Bo‘zatov tumani sport maktabi bilan Nukus Olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘rtasida ikki tomonlama Memorandum tuzilgan bo‘lib, Memorandumga asosan tuman sport maktabi murabbiylari va sportchi-o‘quvchilarining tajribasini oshirish maqsadida Nukus Olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi murabbiylari va sportchilari bilan birgalikda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish belgilangan edi. Bugun "Dolzarb 90 kunlik" tadbiri doirasida qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning "Velosport" turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. O‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar birinchilik uchun o‘zaro bellashdi. Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.