26 Sentyabr 2025 yil
441
Tergov faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida yosh tergovchilar va surishtiruvchilarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda prokuratura, departament, ichki ishlar va boshqa mas’ul idoralar vakillari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashmoqda. Kun tartibida tergov jarayonida dalillarni to‘g‘ri to‘plash, rasmiylashtirish va isbotlashning umumiy shartlari, ishtirokchilarning roli, dalillarni bayonnomalarda qayd etishda yo‘l qo‘yilayotgan muammolar va ularning yechimlari kabi masalalar muhokama qilindi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va amaliyotda uchrayotgan muammolar bo‘yicha fikr almashdi.