23 Oktyabr 2025 yil 349

Yosh qizlarni kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Nukus tumani hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tumandagi olis hududlardan biri - "Kerder" ovul fuqarolar yig‘inida yosh qizlar uchun kasb tanlash bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi - yosh avlod, ayniqsa, qizlarni turli sohalarda ishlashga, o‘z kelajagi uchun to‘g‘ri kasb tanlashga ilhomlantirish, shu orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat. Uchrashuv doirasida turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan, tajribali va faol xotin-qizlar ishtirok etdi. Ular o‘zlarining hayot yo‘llari, kasbiy rivojlanishi va muvaffaqiyat siri haqida qiziqarli, motivatsiya beruvchi nutq so‘zladi. Qizlar ular bilan bevosita muloqot qilib, savollar berdi, shuningdek, turli kasblar haqida yangicha tushunchaga ega bo‘ldi.

Text to speech