12 Iyul 2025 yil 226

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlarining kasbiy malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Joriy yilning 10-12-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi, IIV Akademiyasi hamda Toshkent shahar IIBB EKM mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlarining kasbiy malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda hodisa joyini ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni olish, qadoqlash hamda tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari davomida kriminalistik-texnik vositalarni qo‘llash bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, sud fotografiyasining umumiy qoidalari, tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari isbotlov bazasining shakllantirishdagi ahamiyati, portlash va yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq voqea joylarini ko‘zdan kechirish, tintuv va tergov eksperimentini o‘tkazish bo‘yicha nazariy maʼlumotlar berildi. O‘quv mashg‘ulotlari yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining  Ekspert-kriminalistika xizmatining barcha xodimlariga “Hodisa joyini ko‘zdan kechirish” bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

Text to speech