1 Iyun 2020 yil 4705

E'lon

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi  PQ-4375-sonli “O'smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tashkil yetildi.
     Mazkur qarorga asosan O'zbekiston Respublikasi IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi o'qituvchilarni quyidagi fanlar bo'yicha tanlov  asosida ishga qabul qiladi:
1. O'zbek tili va adabiyoti
2. Qoraqalpoq tili va adabiyoti
3. Rus tili va adabiyoti
4. Chet tili (Ingliz tili)
5. Tarix
6. Matematika
7. Fizika
8. Informatika va axborot texnologiyalari
9. Kimyo
10. Biologiya
     Tanlovda ishtirok etuvchi pedagog nomzodlar asosan yuqori bilim darajasi, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida    5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo'lishi kerak.
     Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tanlovda ishtirok etish uchun «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi direktori nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusxasi ko'rsatiladi);
3. Oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy ta'lim muassasasida olingan oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatga muvofiqlik olinganligi to'g'risidagi guvohnoma;
4. O'tkazilgan attestatsiya natijalari bo'yicha berilgan sertifikat nusxasi;
5. Mehnat daftarchasining nusxasi;
6. Xizmat faoliyati haqidagi ma'lumotnomasi (Rezyume)
7. 3,5 x 4,5 o'lchamdagi 4 dona rangli fotosurat
     
      Tanlov ishtirokchilaridan hujjatlar shu yilning 01-iyunь sanasidan 21-iyunь sanasiga qadar qabul qilinadi.
     Tanlov ishtirokchilarining arizalari va hujjatlarni qabul qilish joyi manzili: Nukus shahri To'rtko'l guzari 43-uy IIV Qoraqalpoq akademik litseyi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech