«Yoshlar oyligi» doirasida uyishmagan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublika 3-sektor rahbari tashabbusi bilan «Yoshlar oyligi» doirasida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi o‘tkazilib, musobaqaga Nukus shahri va tumanlarning 3-sektori hududida istiqomat kiluvchi uyushmagan yoshlardan tashkil topgan 17 ta jamoa bellashdilar. Qizg‘in bellashuvlar natijasida g‘olib jamoalar aniqlanib, musobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rin Taxtako‘pir tumani, 2-o‘rin Chimboy tumani, 3-o‘rin Qorao‘zak tumani uyushmagan yoshlaridan tashkil topgan jamoalarga nasib qildi. G‘olib bo‘lgan jamoalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining kubogi, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati