16 Iyun 2022 yil 444

«Yoshlar oyligi» doirasida uyishmagan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublika 3-sektor rahbari tashabbusi bilan «Yoshlar oyligi» doirasida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi o‘tkazilib, musobaqaga Nukus shahri va tumanlarning 3-sektori hududida istiqomat kiluvchi uyushmagan yoshlardan tashkil topgan 17 ta jamoa bellashdilar. Qizg‘in bellashuvlar natijasida g‘olib jamoalar aniqlanib, musobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rin Taxtako‘pir tumani, 2-o‘rin Chimboy tumani, 3-o‘rin Qorao‘zak tumani  uyushmagan yoshlaridan tashkil topgan jamoalarga nasib qildi. G‘olib bo‘lgan jamoalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining kubogi, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech