Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “1-Oktabr — ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini
tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur
dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan
ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga
hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan bir qator ustoz va murabbiylar faoliyatida erishgan yuqori natiyjalari uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofatlandi. Shuningdek, harbiy–akademik litseyda “1-Oktabr — ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqasida g‘olib jamoalar ham taqdirlandilar.
Bayram tadbirining badiiy qismida litsey o‘quvchilari tomonidan taqdim etilgan bir-biridan ajoyib kuy-qo'shiqlar, milliy raqs va qiziqarli sahna ko'rinishlari tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.