16 Oktyabr 2025 yil 81

Kiberjinoyat – XXI asrning yangi tahdidi, kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish borasida tadbir tashkil qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida bojxona xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi ishtirok etib, oxirgi 10 yilda dunyoda butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanuvchilar soni qariyb ikki barobarga oshganligi hamda aholining 62,5 % yoki 4,95 milliard kishi internetdan foydalanib kelayotganligini ma‘lum qildi.

Ta‘kidlanishicha statistikaga ko‘ra, yer yuzida har 39 soniyada kiberxavfsizlikka qarshi hujum sodir etiladi. Ba’zi hisob-kitoblarga qaraganda 2020 yilda kiberjinoyatlar oqibatida jahon iqtisodiyotiga 1 trillion AQSh dollaridan ortiq zarar yetkazilgan, 2025 yilga borib esa bu ko‘rsatkich 10 trillion AQSh dollaridan ziyodni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.

 Shuningdek,  "kiber jinoyatchi"lardan ehtiyot bo‘lish kerakligini tushintirib, quyidagi amallarni bajarishni tavsiya etdi, xususan:

Notanish shaxslarga pasport ma’lumotlari, karta raqami, SMS kodlarni bermang.

Telefoningizga kelgan gumonli havolalar (linklar)ni bosmang.

“Siz yutdingiz!”, “Pul ishlang!” kabi shubhali xabarlarga ishonmang.

Faqat rasmiy ilova va saytlardan foydalaning.

Shubhali vaziyatda darhol huquq-tartibot organlariga xabar bering.

Telegram orqali kelgan apk faylni ochmang.

Karta ma’lumotlari va parollarni hech kimga bermasligini ta’kidlab o‘tdilar.

Shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan soxta va’dalar hamda e’lonlarga ishonmasligi bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar va ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Bojxona xodimlariga rasmiy kanalga (https://t.me/cyber102_qriiv)  a'zo bo'ib, mamlakatimizda yuz berayotgan kiber jinoyat tafsilotlarini bilib borishlari mumkinligini tavsiya qildi.

 

Text to speech