Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan avf etilgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarliklarga qo‘l urmaslik va ularga moddiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha uchrashuv tashkil qilindi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 avgustdagi “Ozodlikdan mahrum etish
jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish
yo‘liga qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni avf etish to‘g‘risida”gi
PF-148-sonli Farmoniga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 13
nafar shaxslar jazodan ozod qilindi. Jazoni ijro etish muassasalaridan 6
nafar shaxslar ozod etilib, shundan, 2 nafari axloq tuzatish ishlari
jazosiga almashtirilgan, 4 nafari shartli ravishda va Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV JXX Probatsiya bo‘limining hududiy guruhlari hisobida turgan
ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi jami 7 nafari
jazodan to‘liq ozod qilingan. Jumladan hududiy probatsiya guruhlari hisobidan
jazodan ozod etilganlar Xo‘jayli tumanida 2 nafar, Amudaryo tumanida 2
nafar, Nukus shahrida 1 nafar, Ellikqalʼa tumanida 1 nafar va
Chimboy tumanida 1 nafarni tashkil qiladi. Jazoni ijro etish
muassasalaridan shartli ozod etilib, hududiy probatsiya guruhlari hisobiga 6
nafar shaxslar olingan, shundan: Chimboy tumanida 2 nafar, Xo‘jayli
tumanida 2 nafar, Taxiatosh tumanida 1 nafar va Beruniy
tumanida 1 nafarni tashkil qiladi. Joriy yilning 13-sentyabr kuni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov
tomonidan ushbu avf etilgan shaxslar bilan qayta jinoyat va
huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni ijtimoiy moslashtirishga qaratilgan
uchrashuvi o‘tkazilib ularning muammolariga yechim topish ularga moddiy
yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha murojaatlarini tinglandi va ijrosini taʼminlash
yuzasida mutasaddiga topshiriqlar berildi